Oʻzbekiston — Armaniston munosabatlari
Armaniston |
Oʻzbekiston |
Oʻzbekiston — Armaniston munosabatlari ikki tomonlama munosabatlardir. Armaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1995-yil 27-oktabrda oʻrnatilgan. Tashqi ishlar vaziri Oskanyan 2002-yil iyun oyida tashrif buyurgan. Shu kungacha Armaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida beshta Bitim va ikkita Protokol imzolangan.
Havo yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston va Armaniston bosh vazirlari Abdulla Aripov va Karen Karapetyan 3-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov ochish kabi qator masalalarni muhokama qildilar. Bu haqda Armaniston hukumati saytida xabar berilgan[manba kerak].
Shuningdek, biznes hamjamiyatlari, savdo-sanoat palatalari, ixtisoslashtirilgan rivojlanish agentliklari darajasidagi hamkorlik masalalari, iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tuzishning ahamiyati, chegarada tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zona doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Iqtisodiy munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joriy yilning 15-avgust kuni iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari S. Saifnazarov Armaniston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Aram Grigoryanni qabul qildi[manba kerak].
Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildilar.
Zargarlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Elchi Armaniston ushbu sohalarda loyihalarni amalga oshirishga tayyor, deb ishontirdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston — Armaniston munosabatlari
- Havo yoʻllari
- Iqtisodiy munosabatlari (Wayback Machine saytida 2021-11-28 sanasida arxivlangan)